15:15 / 18.11.2024
186 808

O‘zbekiston 16 209 ta elektromobil import qildi

 

O‘zbekiston 16 209 ta elektromobil import qildi.

O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-sentyabr oylari davomida umumiy qiymati 182,2 million dollar bo‘lgan 16 209 ta elektromobil import qildi, deya xabar beradi Statistika agentligi.

Importning asosiy qismi, ya'ni 16 131 ta elektromobil Xitoydan kelgan.

Qolgan import Qozogʻiston (23 ta avtomobil), Gonkong (17 ta), Germaniya (14 ta) va boshqa davlatlar (24 ta) oʻrtasida taqsimlangan.


BYD, elektromobil, tok, 2024, 2024 yil, O'zbekiston
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing