Qoraqalpogʻiston xalq rassomi Barliqbay Aytmuratov 67 yoshida vafot etdi
Qoraqalpogʻiston xalq rassomi Barliqbay Aytmuratov 67 yoshida vafot etdi.
Qoraqalpogʻiston xalq rassomi, Oʻzbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Qoraqalpogʻiston boʻlimi aʼzosi, Berdaq mukofoti sovrindori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanʼat arbobi, teatr rassomi Barliqbay Aytmuratov (1957-2025) 67 yoshida olamdan oʻtdi.
Rassomning ijodi qoraqalpoq tarixi va adabiyotini keng qamrab olgan boʻlib, u Berdaq, Ajiniyaz, Ibrayim Yusupov singari adabiyotning yirik dargʻalari portretlarini yaratgan. Aytmuratov, shuningdek, ularning asarlariga kompozitsiyalar ishlagan va xalq ogʻzaki ijodidan olingan dostonlarga bagʻishlab koʻplab asarlarni sanʼat ixlosmandlariga havola etgan.
Bundan tashqari, Qoraqalpoq xalq dostonlaridan “Qirqqiz”, “Toʻmaris”, “Shariyar”, “Yernazarbiy” rassomning eng sermahsul ijodiy ishlaridan sanaladi.
Qoraqalpogʻiston, rassomi, Aytmuratov, Barliqbay, yoshida, Berdaq, sanʼat, vafot, Oʻzbekiston, Badiiy, ijodkorlar, uyushmasi, boʻlimi, aʼzosi, mukofoti, sovrindori, Respublikasi, arbobi




