17:15 / 06.01.2025
105 010
Shahram G‘iyosov ayiq bilan o`tkazgan mashg`uloti uchun uzr so‘radi
Shahram G‘iyosov ayiq bilan o`tkazgan mashg`uloti uchun uzr so‘radi.
Bir necha kun oldin o‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazgani aks etgan videoni joylashtirgandi.
Ayiq bilan mashg‘ulot o‘tkazib, huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan bokschi Shahram G‘iyosovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 111-moddasiga ko‘ra ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
111-moddaga ko‘ra, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni ularni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda qiynoqqa solish yoki ularga azob berish bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida, ya’ni 1 million 125 ming so‘m jarimaga tortildi va qilgan ishi uchun uzr so‘radi.
Huquqbuzar bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida, ya’ni 1 million 125 ming so‘m jarimaga tortildi va qilgan ishi uchun uzr so‘radi.
Shahram, bilan, G‘iyosov, uchun, so‘radi, bokschi, mashg‘ulot, nisbatan, ko‘ra, ya’ni, bazaviy, hisoblash, miqdorining, o&96;tkazgan, mashg&96;uloti, necha, oldin, o‘zbekistonlik, professional
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Qurilish maydonidagi daraxtlarni payhon qilish va shikastlash uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi

Qonun talablarini buzgan Qarshi shahri hokimi javobgarlikka tortildi

Atrof-muhitni chiqindiga to’ldirgan blogerga chora ko’rildi

Qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga qo‘yiladigan talablar tasdiqlandi

Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni