Qarshidagi ko’chalardan biriga Behbudiy nomi berildi
Qarshidagi ko’chalardan biriga Behbudiy nomi berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida“gi qarorni imzoladi.
Qarorda keltirilishicha, Vatanimiz tarixida gʻoyat murakkab va sinovli davr boʻlgan XX asr boshida maydonga chiqqan Mahmudxoʻja Behbudiy Turkiston jadidlik harakatining asoschisi hisoblanadi. U milliy ozodlik harakatining buyuk namoyandasi sifatida ilm-fan, taʼlim va tarbiya, adabiyot va sanʼat, matbuot sohalarini rivojlantirish, jahondagi ilgʻor taraqqiyot yutuqlarini oʻzlashtirish orqali xalqimizning ong-u tafakkurini yuksaltirish hamda hurriyatga erishish yoʻlida oʻz hayotini baxsh etgan fidoyi zotdir.
Qayd etilishicha, Mahmudxoʻja Behbudiy asarlarining yosh avlodimiz intellektual va maʼnaviy salohiyatini oshirish, shu asosda ularni Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari, chinakam vatanparvar insonlar etib tarbiyalash borasidagi oʻrni va ahamiyatini inobatga olib hamda uning bebaho merosini yanada kengroq oʻrganish va targʻib etish maqsadida Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150-yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuziladi.
Behbudiy, Mahmudxoʻja, harakatining, Oʻzbekiston, jadidlik, asoschisi, tavalludining, nishonlash, hamda, Qarshidagi, ko’chalardan, biriga, berildi, Respublikasi, Prezidenti, “Turkiston, atoqli, jamoat, arbobi




