Xitoy va O‘zbekistonni bog‘laydigan yangi tezyurar yuk poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi
Xitoy va O‘zbekistonni bog‘laydigan yangi tezyurar yuk poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
2025-yil 1-yanvar kuni Xitoyning Shensi provinsiyasidagi Sian xalqaro portidan O‘zbekiston poytaxti Toshkentga yo‘l olgan yilning birinchi yuk poyezdi jo‘nab ketdi.
Bu yoʻnalish Xitoy-Yevropa xalqaro temir yoʻl transporti tarkibiga kirdi va yangi yuqori tezlikda Sian – Toshkent yoʻnalishini ochdi.
50 ta konteynerdan iborat poyezdda turli yuklar, jumladan, maishiy texnika, to‘qimachilik va kimyo mahsulotlari tashiladi.
Poyezd Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi “Xorgos” nazorat-o‘tkazish punktida davlat chegarasini kesib o‘tib, Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga yo‘l oladi.
Sian Chanba xalqaro porti, Xitoy temir yo‘llari korporatsiyasi va boshqa tegishli idoralar o‘rtasidagi hamkorlik tufayli yangi yo‘nalish bo‘yicha yuklarni yetkazib berish muddati 8-10 kundan 5-6 kungacha qisqardi.
2024-yilda Sian shahridan Markaziy Osiyoga yuk tashish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 49,8 foizga oshib, 69 655 ta standart konteynerga yetdi.
Yangi yo‘nalish Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida logistikani sezilarli darajada yaxshilash va tovarlar yetkazib berishni tezlashtirish, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Xitoy, yangi, xalqaro, poyezdi, Xitoyning, O‘zbekiston, yilning, temir, o‘rtasidagi, yo‘nalish, yetkazib, O‘zbekistonni, bog‘laydigan, tezyurar, qatnovi, yo‘lga, qo‘yildi, 2025yil, 1yanvar




