O‘zbekiston 2,4 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi
O‘zbekiston 2,4 milliard dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi.
O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati jahon bozorida o‘z mavqeini mustahkamlashda davom etmoqda, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi.
2024-yilning yanvar-oktyabr oylari davomida to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 2 milliard 433,4 million dollarni tashkil etib, umumiy eksport hajmining 10 foizini tashkil etdi. Eksport qilinadigan asosiy mahsulotlarga ip va ip mahsulotlari, tayyor toʻqimachilik mahsulotlari, trikotaj gazlamalar, va paypoq mahsulotlari kiradi.
Bu davrda o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 56 davlatiga jo‘natildi, bu esa eksport geografiyasi kengayib borayotganidan dalolat beradi.
Eksport mahsulotlariga quyidagilar kiradi:
umumiy eksport – 2,4 mlrd dollar;
ip va ip mahsulotlari - 1,057 milliard dollar;
tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 952,3 million dollar;
trikotaj matolar - 251,1 million dollar;
gazlamalar - 119,4 million dollar;
paypoq mahsulotlari - 34,2 million dollar.
O'zbekiston, mahsulot, eksport, milliard, dollar, 2024, 2024 yil




