11:31 / 30.12.2024
116 908

Spirtli ichimlikdan vafot etgan insonlar haqida Rasmiy bayonet e’lon qilindi

 

Spirtli ichimlikdan vafot etgan insonlar haqida Rasmiy bayonet e’lon qilindi.

2024 yil 22-26 dekabr kunlari Andijon viloyatida 22 nafar fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “Oʻzbekiston” nomli konyak spirtlik ichimlik isteʼmol qilganliklari oqibatida shifoxonaga oʻtkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan koʻrsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 5 nafari vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 

Mazkur jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tergovchilari rahbarligida tuzilgan viloyat IIB tergov boshqarmasi, IJQK departamenti tergovchilaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda.


tomonidan, viloyat, tergov, vafot, etgan, bilan, Mazkur, prokuraturasi, jinoyat, Spirtli, ichimlikdan, insonlar, haqida, Rasmiy, bayonet, e’lon, qilindi, dekabr, kunlari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing