19:08 / 27.12.2024
122 043

100 nafar falastinlik Rafahdan Oʻzbekistonga evakuatsiya qilindi UzNur.uz

   

 

100 nafar falastinlik yarador ayollar va bolalar ularning hamrohlari bilan birga Oʻzbekistonga evakuvatsiya qildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Qohiradagi elchisi Mansurbek Qilichev xabar berdi.


 

Ushbu evakuvatsiya amaliyoti ikki davlatning Sogʻliqni saqlash vazirliklari hamkorligida prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi  bilan amalga oshirildi, deyiladi xabarda.


 

Maʼlum qilinishicha, evakuvatsiya qilingan falastinliklar yurtlariga qaytgunlaricha Oʻzbekistonda qoladi. Ushbu bemor falastinliklar davolanish va sogʻliqlarini qayta tiklash uchun reabilitatsiya markazlari va shifoxonalarga joylashtiriladi.


 

Oʻzbekiston hukumati ularga mamlakatda boʻlish davrida oilasining barcha ehtiyojlari, jumladan, mehmonxonalar, maktablar, oziq-ovqat va boshqa narsalar bilan taʼminlaydi. 



100 nafar falastinlik, evakuatsiya, O'zbekistonga
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing