Metan “zapravka"lar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar sekin-asta yumshatilmoqda
Energetika vazirligi matbuot xizmatining “Spot"ga ma’lum qilishicha, hafta oxirigacha AGTKShlar to‘liq ish rejimiga o‘tkazilishi mumkin.
26-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi metan “zapravka"lar faoliyatiga kiritilgan cheklovlar olib tashlanayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ularda Toshkent shahri va Toshkent viloyatlaridagi ayrim shoxobchalar ishlay boshlagani aytilgan.
Energetika vazirligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, cheklovlar bosqichma-bosqich yumshatilmoqda.
Xususan, ayrim AGTKShlarga gaz yetkazib berish boshlangan, ayrimlarida esa ishlash vaqti soat 17:00gacha uzaytirildi. Hozircha metan “zapravka"lar to‘liq 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazilmagan.
Vazirlik matbuot xizmatining qayd etishicha, hafta oxirigacha bosqichma-bosqich cheklovlar bekor qilinishi mumkin. Hozircha metan “zapravka"lar to‘liq 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazilmagan.
Bundan tashqari, haydovchilarni qo‘shimcha yoqilg‘i bilan ta’minlash uchun birjaga chiqariladigan benzin hajmi vatqinchalik ikki baravarga oshirildi. Vazirlik talab va taklifdan kelib chiqib, hajm qo‘shimcha oshirilishini ta’kidladi.




