14:56 / 26.12.2024
123 051

Qashqadaryoda qizil kitobga kiritilgan itolgʻi qushini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

 

Qashqadaryoda qizil kitobga kiritilgan itolgʻi qushini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi.


 Ushbu shaxs hayvonot dunyosiga 1,5 mlrd soʻmdan ortiq zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Kasbi tumanida yashovchi fuqaro X.N. tomonidan yashash xonadonida 2 bosh itolgʻi qushi hech qanday ruxsatnomasiz saqlab kelinayotgani maʼlum boʻldi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan dalolatnoma tuzilib, qushlar reabilitatsiya qilish va vaqtinchalik qonuniy toʻxtamga kelgunga qadar saqlab turish maqsadida Samarqand viloyatidagi “Zarafshon” milliy tabiat bogʻiga topshirildi.

Noqonuniy harakat natijasida hayvonot dunyosiga 1 milliard 687 million 500 ming soʻm zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.
Maʼlumot uchun, itolgʻi yoʻqolib borayotgan tur sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobi, Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqining Qizil roʻyxati hamda CITES Konvensiyasining II ilovasiga kiritilgan. Global populyatsiyasi 2010-yilda 5,4–15,4 ming juft ekani qayd etilgan.


itolgʻi, saqlab, maʼlum, boʻldi, kiritilgan, shaxs, hayvonot, dunyosiga, zarar, qilish, Qizil, Qashqadaryoda, qizil, kitobga, qushini, kelayotgan, aniqlandi, Ushbu, soʻmdan
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing