19:28 / 23.12.2024
128 990

Yangi yil bayramida Toshkent metrosi ish vaqti o‘zgaradi

  

Toshkent metrosi Yangi yil bayrami munosabati bilan 31 dekabr kuni soat 05:00 dan 1 yanvar soat 02:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent metropoliteni ilk marotaba 31 dekabr tonggi 05:00 dan 1 yanvar soat tungi soat 02:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Ya’ni shu kuni metro bekatlari ish vaqti odatdagidan 2 soatga uzaytiriladi.

“Shuningdek, qo‘shimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakat jadvali yuzasidan rejaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu xususida batafsil qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing