O‘zbekiston Tarixida Birinchi Marta SAT Testida Eng Yuqori Ball UzNur.uz
O‘zbekiston Tarixida Birinchi Marta SAT Testida Eng Yuqori Ball
18 yoshli Parviz Toʻqsanov O‘zbekiston tarixida birinchi marta SAT testidan eng yuqori ball to‘pladi. Bu test, dunyoning yetakchi universitetlariga kirish uchun asosiy imtihon bo‘lib, Parvizning yutug‘i mamlakatimiz uchun katta g‘urur manbai bo‘ldi.
Buxoro viloyatida tug‘ilgan Parviz, ushbu natijasi bilan Garvard, Stenford, Yel, Prinston, Oksford va Kembrij kabi dunyoning eng nufuzli universitetlarida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Endilikda u ushbu oliy ta’lim muassasalaridan birida tahsil olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Parviz Toʻqsanov ikki yil avval, 16 yoshida IELTS imtihonidan 8,5 ball olgan edi. Bu yutuqlari uning bilimga bo‘lgan yuqori ishtiyoqi va mehnatsevarligini ko‘rsatadi. Parvizning muvaffaqiyatlari kelajakda boshqa yoshlar uchun ilhom manbai bo‘ladi.

Parviz To'qsanov




