18:38 / 20.12.2024
133 501

Meva-sabzavotni qayta ishlash uchun xarid qilingan uskunalarga 1 milliard soʻmgacha subsidiya ajratiladi

 

Meva-sabzavotni qayta ishlash uchun xarid qilingan uskunalarga 1 milliard soʻmgacha subsidiya ajratiladi.

Tadbirkorlar meva-sabzavotni asosan tomorqadan olayotgani uchun eksportga bir turdagi mahsulotni uzluksiz va sifatli yetkazib berishga qiynalmoqda. Shuning hisobiga eksportdan tushum ham past.


Kelgusi yilda 3,5 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qilish uchun barcha imkoniyatlar borligi taʼkidlandi.

Shu bois, 1 million gektar meva-sabzavot yerlari 760 ta urugʻ beruvchi va 824 ta eksportchi korxonaga bogʻlandi.

Shuningdek, Toshkent viloyati va Namanganda yangi tajriba boshlanmoqda. Bunda paxta-gʻalladan qisqaradigan yerlar 50 gektargacha yirik lotlarda auksionga qoʻyilib, sanoatlashgan plantatsiya qilish uchun professional investorlarga sotiladi.
Bu yerlardagi 20 sotixgacha maydonda “shok” usulida muzlatkich, kalibrovka va qadoqlash sexlari qurishga ruxsat beriladi.

Yetishtirilgan meva-sabzavotni qayta ishlash uchun xarid qilingan uskunalarga 1 milliard soʻmgacha subsidiya ajratiladi


uchun, milliard, qayta, ishlash, xarid, qilingan, uskunalarga, soʻmgacha, subsidiya, ajratiladi, mevasabzavotni, mevasabzavot, qilish, Mevasabzavotni, Tadbirkorlar, asosan, tomorqadan, olayotgani, eksportga
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing