18:31 / 20.12.2024
133 141

O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz tartib muhokama qilinmoqda

  

O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida vizasiz tartib muhokama qilinmoqda.

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Xitoyning Hongkong maxsus ma'muriy hududi hukumatining Pekindagi vakolatxonasi vakillari bilan muzokara o‘tkazdi. Muzokaralarda konsullik-huquqiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlik, Hongkongdagi migratsiya qoidalari va ikki tomonlama sayyohlik almashtirishini rivojlantirish bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida Hongkong maxsus ma'muriy hududining viza siyosati, tomonlar fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasidagi me'yoriy-huquqiy bazani kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

2021 yil 1 martdan boshlab O‘zbekistonda xitoyliklar, jumladan, Hongkong va Makao fuqarolari uchun 10 kungacha vizasiz rejim amal qilmoqda. Shuningdek, joriy yil 1 dekabr kuni Chengdu shahrida "Xitoy Xalq Respublikasi Hukumati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida o‘zaro vizadan ozod qilish to‘g‘risida"gi bitim imzolanganligi ma'lum qilindi. Hozirda mazkur hujjat kuchga kirishi uchun zaruriy davlat ichki huquqiy protseduralardan o‘tmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekiston tomoni o‘z fuqarolari uchun Hongkong maxsus ma'muriy hududi bilan viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risida kelishuvga erishishni maqsad qilganini bildirdi. Hongkong tomoni ham O‘zbekiston bilan barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash, amaliy natijadorlikni oshirish, xususan, o‘zaro fuqarolar almashtirishni kengaytirish va turizm sohasini izchil rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ta'kidladi.

Muzokaralar davomida soha bilan bog‘liq oldinda turgan masalalarni birgalikda hal etish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib olindi.


Hongkong, O‘zbekiston, bilan, maxsus, ma'muriy, tomonlama, uchun, o‘zaro, o‘rtasida, vizasiz, muhokama, hududi, bo‘yicha, qilindi, Muzokaralar, davomida, qilish, kengaytirish, fuqarolari
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing