Bir yil ichida bir maktabda uch o’lim.
Karmana tumanidagi 30-umumta'lim maktabida o'quvchilar o'rtasida ketma-ket o'z joniga qasd qilish holatlari kuzatilmoqda.
18 dekabr kuni maktabning 9-sinfida tahsil oluvchi bir o'g'il bola o'zini osib, hayotiga qasd qilgan. Bu holatni Kun.uz’ning ikki mustaqil manbasi tasdiqladi.
Bundan bir oy oldin, 18 noyabr kuni, 11-sinfda o'qiyotgan bir qiz ham o'z joniga qasd qilgan. U o'z uyida osilgan bo'lib, uning ota-onasi ham shu maktabda o'qituvchi sifatida faoliyat yuritmoqda.
Shuningdek, 24 may kuni maktabning 6-sinf o'quvchilari dars vaqtida cho'milishga borib, ulardan biri suvga cho'kib halok bo'lgan edi.
O'shanda viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini, natijalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumot berilishini bildirgan edi. Hozirgi kunga kelib, ushbu holatlar bo'yicha rasmiy munosabat berilmagan.
Bir, yil, ichida, bir, maktabda, uch, o’lim, UZNUR




