Toshkent shahridagi ikkita maktabda virusli gepatit aniqlandi Uznur.uz
Toshkent shahridagi ikkita maktabda virusli gepatit aniqlandi
Toshkent shahridagi ikkita umumta’lim maktabida virusli gepatit bilan kasallanish holatlari qayd etildi, deb xabar bermoqda Sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va aholi salomatligini muhofaza qilish bosh boshqarmasi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mirobod tumanidagi 214 va 65-sonli maktablarda Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasining tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan epidemiologik tekshiruv va sanitariya nazorati o‘tkazilgan.
Tekshiruv doirasida quyidagi jihatlar o‘rganildi: talabalar va xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tganligi, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etilishi, binolarning muntazam tozalanishi, jihozlarning ishga yaroqliligi, isitish tizimining ishlashi bo‘yicha hisobotlarning mavjudligi, shuningdek, hojatxonalarning sanitariya holati, qo'l yuvish uchun lavabolar mavjudligi va kanalizatsiyaning ishlashi.
Tekshiruv natijalari ikkala maktabning sanitariya holati belgilangan talablarga javob bermasligini ko‘rsatdi. Bu borada ta’lim muassasalari rahbariyatiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
saniatariya, Toshkent, sanitariyaepidemio, umumta'lim, kasallanish, gepatit




