11:50 / 19.12.2024
135 571

Payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi

 

Payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi.

2024-yil 18-dekabrda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishini rag‘batlantirish maqsadida muhim qaror imzoladi. Ushbu qaror, sport maktablari faoliyatini takomillashtirish va xususiy sport klublarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Yangi qaror bilan har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi. Buning maqsadi mahallalarda sport to‘garaklari tashkil etish va yoshlarni sportga jalb qilishdir. 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab, sport maktablarini sport turlariga ixtisoslashtirish, ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksionerlarni joriy etish va ularni mahallalarga berish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari faoliyati yangicha tartibda tashkil etiladi. Ular iqtidorli yosh sportchilarni tayyorlash va sport turlariga ixtisoslashtiriladi. Maktablar, shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnoma berish huquqiga ega bo‘ladi.

Ushbu qarorning ijrosi uchun mas’ul sport vaziri Adham Ikramov etib belgilandi, ishlar esa Bosh vazir Abdulla Aripov va Prezident Administratsiyasi rahbari Odil Abduraxmanov tomonidan nazorat qilinadi.


Payshanba, jismoniy, tarbiya, va, sport, kuni, sifatida, belgilandi, UZNUR
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing