13:26 / 18.12.2024
137 213

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilaridan 113 856 nafarining bandligi ta’minlangan.

 

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilaridan 113 856 nafarining bandligi ta’minlangan.


AOKAda o‘tkazilgan brifingda kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Faxriddin Hayitovning ma’lum qilishicha, joriy yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra, 194 417 nafar oliy ta’lim muassasalari bitiruvchisidan 113 856 nafarining bandligi ta’minlangan.
Qayd etilishicha, 147 900 nafar professional ta’lim muassasalari bitiruvchisidan 74 403 nafarining bandligi ta’minlangan. Joriy yilda maktabni tamomlagan 411 671 nafar bitiruvchidan 228 422 nafarining bandligiga ko‘maklashilgan.

Bugungi kunda ishsiz bo‘lgan 337 307 nafar (44,7 foiz) bitiruvchini ishga joylashtirish bo‘yicha mavjud imkoniyat va zaxiralar ishga solingan. Joriy yilda 24 545 nafar muddatli harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarning 1 279 nafari harbiy qismda qolib shartnoma asosida xizmatni davom ettirmoqda. Ularning 17 787 nafarining doimiy ishga joylashtirish orqali bandligi ta’minlangan.

2 105 nafar harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar bugungi kunda norasmiy band hisoblanadi. 216 nafari kasb-hunarga tayyorlash markazlarida qisqa muddatli kurslarda o‘qitilib, bandligi ta’minlangan. 907 nafar yoshlar chet-elga chiqib ketishi, vafot etishi va boshqa qator sabablarga muvofiq hisobdan chiqarilgan.

Mahallalardagi hokim yordamchilarining tavsiyasi asosida “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturlari doirasida yagona elektron platforma orqali imtiyozli kreditlar ajratilmoqda. Shuningdek, yer maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha onlayn auksion savdolari “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan kambag‘al oila a’zolari o‘rtasida o‘tkaziladi.

Bandlikka ko‘maklashish davlat maqsadli jamg‘armasi hisobidan Bandlik bo‘limlarida ishsiz sifatida ro‘yxatga olingan yoshlar ijtimoiy himoyaga olinib, ishga joylashgan kunga qadar ishsizlik nafaqasi to‘lanadi. Xorijiy davlatlar ish beruvchilari bilan imzolangan hamkorlik kelishuvlari doirasida qishloq xo‘jaligi, qurilish, mehmonxona xizmati, yuk avtomobili haydovchisi va boshqa sohalarda xorijiy davlatlarda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy tarzda yuboriladi.


Joriy, yilda, oliy, ta’lim, muassasalari, bitiruvchilaridan, nafarining, bandligi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing