12:02 / 13.12.2024
145 689

Yandex Go Raqobat qo’mitasi tomonidan ogohlantirildi

 

Yandex Go Raqobat qo’mitasi tomonidan ogohlantirildi.

Raqobat qoʻmitasi “YandexGo UB” MChJni taksida yoʻlovchi tashish xizmatlari narxlarini pasaytirish boʻyicha chora koʻrish hamda platforma narx algoritmini qayta koʻrib chiqishi boʻyicha ogohlantirdi.

Bunga sabab Yandex Go platformasida taksida yoʻlovchi tashish xizmatlari narxlari oshishi kuzatilgan va bu yuzasidan isteʼmolchilardan Qoʻmitaga murojaatlar kelib tushgan.

Mazkur holatlar yuzasidan platformaning dekabr oyidagi dastlabki 10 kunlik xizmat narxlari monitoring qilinganda narxlar dinamikasida keskin oʻzgarish kuzatilganligi aniqlangan.


Yandex, Go, Raqobat, qo’mitasi, tomonidan, ogohlantirildi, UZNUR
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing