O‘zbekistonda chiptalarni xarid qilish bo‘yicha yagona onlayn platforma ishga tushirilishi kechiktirildi
O‘zbekistonda chiptalarni xarid qilish bo‘yicha yagona onlayn platforma ishga tushirilishi kechiktirildi.
U joriy yilning 1 dekabriga qadar ishga tushirilishi kerak edi.
O‘zbekiston hukumati “Turizm sohasini raqamlashtirish va turizm xizmatlarini yagona platformaga birlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Tegishli hujjat Milliy turizmning yagona platformasini ishga tushirishni nazarda tutadi. 2025-yil 1-sentabrdan boshlab, tajriba tariqasida platforma orqali:
• turar joyni bron qilish va baholash;
• turoperatorlar va sayyohlik agentliklari, shu jumladan gidlar, gid-tarjimonlar va ekskursiya gidlari xizmatlaridan foydalanish;
• taksiga buyurtma berish va transport vositalarini ijaraga olish;
• avtobus, avia va poyezd chiptalari, madaniy meros obyektlari, muzeylar va boshqa diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurish uchun chiptalar sotib olish;
• xalqaro va milliy to‘lov tizimlari orqali turistik xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish.
Platforma real vaqt rejimida turizm sohasidagi statistik hisobotlarni tahlil qiladi, ma’lumotlar 14 tilda chop etiladi. Platformaning toʻliq ishga tushirilishi 2025-yil 1-dekabrgacha rejalashtirilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, yagona onlayn platforma 2024-yil 1-dekabrgacha ishga tushirilishi kerak edi. Shunday qilib, muddatlar sezilarli darajada o'zgartirildi.
O'zbekiston, chiptalarni, xarid, qilish, onlayn, platforma




