Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida 2025-yil uchun Davlat byudjeti loyihasi muhokama qilindi.
Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasida 2025-yil uchun Davlat byudjeti loyihasi muhokama qilindi.
Kecha, 12-dekabr kuni Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi majlisi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Qoʻmita majlisida senatorlar, Qoʻmita huzuridagi Ekspert guruhi aʼzolari, mamlakatimiz kuch tuzilmalariga kiruvchi vazirlik va idoralar, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. Majlisga qoʻmita raisi Qutbiddin Burhonov rahbarlik qildi.
Majlis davomida 17 ta modda va 10 ta ilovadan iborat “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasining kuch tuzilmalari vazirlik va idoralariga tegishli aspektlarga eʼtibor qaratildi. Unda ular uchun ajratilgan mablagʻ resurslarining yoʻnaltirish parametrlariga aniqlik kiritilib, davlatimiz mudofaa qudratini yanada oshirish koʻzda tutilganligi taʼkidlandi.
Yigʻilishda koʻrib chiqilgan masalalar senatorlar, ekspertlar va mutaxassislar tomonidan qizgʻin muhokama qilinib, fikr va mulohazalar bildirildi. Muhokama yakuni boʻyicha Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasining tegishli qarori qabul qilindi.
senat, Mudofa, xavfsizlik, 2025, 2025 yil




