11:56 / 07.12.2024
155 813

Aktrisa Halima Ibragimova qandli diabet kasalligi tufayli 45 yoshida olamdan o‘tdi.

 

Aktrisa Halima Ibragimova qandli diabet kasalligi tufayli 45 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar o'z tasdig'ini topdi. Marhumaning yaqinlari buni tasdiqladi.

Ma'lum bo'lishicha, aktrisa yaqinda operatsiyani boshdan kechirgan. U qandli diabet kasalligi bilan kurashib келган. Ҳалима Ibragimova reanimatsiyada vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Halima Ibragimova 1979-yilda tug‘ilgan. U Toshkent davlat san’at instituti drama aktyorligi bo‘limida tahsil olgan. Aktrisa Mirzabek Xolmedov boshchiligidagi teatr-studiyadagi chiqishlari bilan tanilgan. U, shuningdek, ko‘plab filmlarda ham rollar ijro etgan. 


Halima, xalimaxonim, Ibragimova, vafot, olamdan, o'tdi, aktrisa, 2024, 2024 yil, xabarlar
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing