10:29 / 07.12.2024
239 857

O‘zbekistonda yangi yo‘l belgisi joriy etilmoqda

 

O‘zbekistonda yangi yo‘l belgisi joriy etilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 30 noyabrdagi “Yo‘l harakati qoidalariga piyodalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, “Baland piyodalar o‘tish joyi” yo‘l belgisi joriy etilmoqda.
Shu bois endilikda shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarida, davlat va mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yo‘llarining yoritilgan hamda yuqori tezlik soatiga 30 kilometrgacha cheklov joriy qilingan uchastkalarida, turar joy dahalaridagi ko‘rinish cheklangan chorrahalarda, bolalar maydonchalari hamda ta’lim tashkilotlari oldidagi yo‘l uchastkalarida, ommaviy dam olish joylari, stadionlar, vokzallar, savdo markazlari va boshqa odam ko‘p to‘planadigan joylarda, ko‘chalarning 1.21. «Bolalar» yo‘l belgisi ta’siridagi qismlariga «Baland piyodalar o‘tish joylari» yo‘l belgisi hamda yo‘l yotiq chiziqlari o‘rnatiladi.  


Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda ikki oy muddatda, tahlillar asosida, 2025–2026 yillarda «Baland piyodalar o‘tish joylari» yo‘l belgisi hamda yo‘l yotiq chiziqlarini o‘rnatish zarur bo‘lgan joylar ro‘yxatini tasdiqlaydi.


O'zbekiston, yo'l, belgi, piyodalar, xabarlar, 2024, 2024 yil, 2025, 2025 yil
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing