O‘zbekiston va Italiya ekologik muammolar bilan kurashda hamkorlikni kuchaytiradi
O‘zbekiston va Italiya ekologik muammolar bilan kurashda hamkorlikni kuchaytiradi.
Italiyaning “Panorama” jurnali mamlakatning Markaziy Osiyoga ta’sir ko‘rsatayotgan ekologiya muammolariga qarshi kurashda O‘zbekiston bilan aloqalarni chuqurlashtirish niyati ifodalangan maqola chop etdi.
Davlatimiz rahbari COP29 sammitidagi nutqida 2030 yilgacha bug‘lanadigan gaz chiqindisini 35 foiz kamaytirish va mamlakatda energiyaga bo‘lgan jami ehtiyojning 40 foizini qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan ta’minlash kabi ulkan maqsadlar belgilanganini aytib o‘tdi. Shuningdek, transchegaraviy suv ifloslanishining oldini olish uchun mintaqadagi barcha davlatlarni birlashtiruvchi ko‘p tomonlama yondashuvga chaqirdi.
Nashr O‘zbekiston jiddiy ekologik hududda joylashgani, Orol dengizi hajmi bo‘yicha dunyodagi to‘rtinchi ko‘ldan sahroga aylanayotganini ta’kidlagan. Buning sababi 1960-yillarga, dengizga quyiladigan ikki asosiy – Amudaryo va Sirdaryo suvi paxta yetishtirish uchun yaqin atrofdagi tumanlarga yo‘naltirilgan davrga taqaladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil 29 may kuni Rimda bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo - Italiya” vazirlar konferensiyasi doirasida ushbu mamlakat Hamkorlikni rivojlantirish agentligi (AICS) va “Sogesid S.p.A.” davlat injiniring kompaniyasi o‘rtasida amaliyot modellarini ishlab chiqish hamda Orol dengizi havzasida sinov loyihasini hayotga tatbiq etish orqali atrof-muhitni tiklashga qaratilgan deklaratsiya imzolangan. Belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish uchun Rimning "Tor Vergata" va "La Sapienza" universitetlari, xalqaro moliya institutlari va "RemTech" - hududlarni tiklash, qayta tiklash va barqaror rivojlantirishga ixtisoslashgan Ekologik texnologiyalar markazi bilan yaqin aloqa o‘rnatiladi.
O'zbekiston, Panorama, ekologiya, 2024, 2024 yil, Italiya




