09:59 / 03.07.2025
50 912

Mirziyoyev va Aliyev OAV vakillari bilan uchrashdi: strategik sheriklik yangi bosqichda

 


 Boku shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev ikki tomonlama muzokaralar yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashdi.


 Mirziyoyevning bayonoti:

– O‘zbekiston rahbari Ozarbayjonning hududiy yaxlitligi tiklanganini yuqori baholab, bu yo‘ldagi islohotlarni e’tirof etdi.

– “Siz otangiz va har bir ozarbayjonlikning orzusini ro‘yobga chiqardingiz”, — dedi u Ilhom Aliyevga murojaat qilib.


Hamkorlikda yangi bosqich:

– Ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari tobora chuqurlashib borayotgani ta’kidlandi.

– 30 yillik diplomatik aloqalar fonida hamkorlik misli ko‘rilmagan darajaga yetgani aytib o‘tildi.


Kelajakdagi loyihalar:

– Muzokaralarda savdo, investitsiya, energetika, transport, ta’lim va turizm yo‘nalishlarida istiqbolli tashabbuslar muhokama qilindi.

– Tovar ayirboshlov hajmini 1 milliard dollarga yetkazish, shuningdek “O‘zbekiston bog‘i” va elchixona binosi ochilishi, “Ozarbayjon bog‘i” va “Sea Breeze” kabi loyihalar tilga olindi.


 Xalqaro masalalarda yondashuv:

– Davlat rahbarlari xalqaro masalalarda o‘zaro uyg‘unlik mavjudligini bildirishdi.

– Barcha ziddiyat va mojarolar tinch yo‘l bilan hal qilinishi tarafdori ekanliklarini e’tirof etishdi.


Yo‘l xaritasi va madaniy aloqalar:

– Muzokaralar yakunida aloqalarni kengaytirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi” qabul qilindi.

– Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlovchi qo‘shma tadbirlar rejalashtirilmoqda.


O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida 10 dan ortiq strategik hujjat imzolandi



Asosiy yo‘nalishlar:

– $1 milliardlik tovar ayirboshlov hajmiga erishish;

– Investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, ta’lim, turizm va bank sohalarida keng qamrovli hamkorlik;

– “O‘rta yo‘lak” transport loyihalari va elektron yuk ruxsatnomalari orqali yuk tashishni soddalashtirish.


 Imzolangan hujjatlar ro‘yxati:


  1. 2025–2029-yillarda ittifoqchilik munosabatlarini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”
  2. Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo bitim
  3. Fan, kasb-hunar va oliy ta’lim sohasida hamkorlik bitimi
  4. 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi
  5. 2030-yilgacha tovar ayirboshlashni $1 mlrd.ga yetkazish dasturi
  6. 2025–2027-yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti bo‘yicha harakatlar rejasi
  7. 2025–2027-yillarda ijtimoiy himoya sohasida chora-tadbirlar rejasi
  8. Kemachilik va kemasozlik sohasida hamkorlik bayonnomasi
  9. Toshkent–Sumgait, Navoiy–Gabala shaharlar o‘rtasida birodarlik munosabatlari to‘g‘risida kelishuvlar


Yig‘ilish yakunida qabul qilingan qarorlar O‘zbekiston–Ozarbayjon aloqalarini siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing