O‘zbekiston Respublikasi Suv kodeksi tasdiqlandi. Yangi kodeks — suv, suv obyektlari, suv xo‘jaligi inshootlari hamda suv fondi yerlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Suv — umummilliy boylik
Qonunga ko‘ra, suv umummilliy boylik hisoblanadi. Undan oqilona foydalanish lozim va u davlat himoyasida bo‘ladi.
Suvdan foydalanish ikki turga bo‘linadi:
- Umumiy foydalanish — barcha fuqarolar erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan holatlar.
- Maxsus foydalanish — davlat tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida foydalaniladi.
Suv obyektlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- O‘zbekiston hududidagi yer usti va yer osti suvlari;
- O‘zbekistonni kesib o‘tuvchi transchegaraviy suv obyektlari (masalan, daryolar, kanallar).
Suv obyektlari egalik shakli:
Suvlar yakka tartibda yoki birgalikda foydalanishga berilishi mumkin.
Suv kengashlari tashkil etiladi:
Suv resurslarini boshqarish va muvofiqlashtirish maqsadida:
- Respublika va havza darajasida suv kengashlari tashkil etiladi;
- Vazirlar Mahkamasi huzurida esa Respublika suv kengashi tuziladi.
Kodeks qachondan kuchga kiradi?
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

O‘zbekistonda “Temiryo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun imzolandi

O‘zbekistonda yangi oydan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda energiya resurslarini behuda sarflashga qarshi reydlar o‘tkazilmoqda

1-martdan pensiyalar proaktiv shaklda tayinlanadi

Yog‘och uylarda yashovchi aholiga tekinga tayyor yangi xonadon taqdim etiladi