Jizzax viloyatidagi Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi qirg‘og‘ida zamonaviy turistik klaster barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida Milliy bank (NBU) boshqaruvi raisi Alisher Mirsoatov ma’lum qildi.
Loyiha tafsilotlari:
– 29 gektar maydonda joylashadigan yangi turistik klaster Jizzax viloyatida barpo etilishi rejalashtirilmoqda.
– Loyiha prezident Shavkat Mirziyoyevga Jizzax viloyatiga tashrifi chog‘ida taqdim etildi.
2 mingga yaqin odam:
– Aydarko‘lga dam olish uchun keluvchilar hozirgi kunda tashkillashtirilmagan holda kelishadi, kuniga 2 mingga yaqin odam boradi.
– Loyiha ishlab chiqishda Yevropa tajribasi o‘rganilgan.
– 5 gektar maydonda cho‘milish va quyoshda toblanish zonalari tashkil etiladi.
Shifobaxsh xususiyatlar va mehmonxona:
– Ko‘l sohilida shifobaxsh balchiqlar mavjud bo‘ladi.
– 210 o‘ringa mo‘ljallangan yil davomida xizmat qiladigan sanatoriy quriladi.
– 110 o‘rinli kapsulali mehmonxonalar, shuningdek, 2−8 kishiga mo‘ljallangan arzon xonalar rejalashtirilmoqda.
Faol dam olish imkoniyatlari:
– Transport vositalarida cho‘lda sayr qilish, karting, o‘yin maydonchalari, plyaj voleyboli va futbol.
– Dam oluvchilarga bir necha kun davomida shu yerda to‘liq dam olish imkoniyati yaratiladi.
Loyihaning qiymati va ish o‘rinlari:
– Loyihaning umumiy qiymati 220 mlrd so‘m (17,5 mln dollar) deb baholanmoqda.
– Majmua qurib bitkazilgandan so‘ng, bir vaqtning o‘zida 610 nafargacha dam oluvchini qabul qilish imkoniyati bo‘ladi.
– 200 dan ortiq ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.




