12:04 / 07.07.2025
44 058

Rossiyada o‘zbekistonlik fuqaro ekstremistik faoliyatda ayblanib, 7 yilga qamaldi

 


 Baltiya harbiy-flot sudi 34 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Kallibek Yeseniyazovni ekstremistik tashkilotda ishtirok etishga uringanlikda aybdor deb topdi va 7 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi (manba: Mediazona).


 Sud hukmi:

– 3 yil — qattiq tartibli qamoqxonada

– 4 yil — qat’iy tartibdagi koloniyada


 Ayblov tafsilotlaridan:

– Yeseniyazov Rossiyaning harbiy siyosatiga norozilik bildirgan;

– 2023-yil sentabrda Armanistondan Moldovaga uchgan, ammo deportatsiya qilingan;

– 2024-yilda Ukraina elchixonalariga murojaat qilgan, keyinchalik ayrim guruhlar bilan aloqaga kirgan;

– Kaliningradga kelib, Polsha chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan vaqtida ushlangan.


 Himoya tomoni bayonoti:

– Advokat Yuliya Luchitskaya ma’lumotiga ko‘ra, Yeseniyazov aybini tan olib, pushaymonligini bildirgan.

– Himoya qo‘shimcha izoh bermagan.


Qo‘shimcha ma’lumot:

– U 2019-yilda Moskvada kuryer bo‘lib ishlagan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing