09:24 / 05.07.2025
49 207
Burchmullada 20 megavattli shamol elektr stansiyasi barpo etiladi
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida, Burchmulla qishlog‘ida yirik shamol elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilmoqda.
1-iyul kuni viloyat hokimi Zoir Mirzayev Energetika vazirligiga bu loyiha uchun 10 gektar yer ajratish bo‘yicha qaror chiqardi.
Loyiha qiymati — 28 million dollar, moliyalashtirish esa grant mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Stansiya quvvati – 20 MVt
Yiliga 129,6 mln kVt/soat elektr ishlab chiqariladi
Buning natijasida:
– 811 ming m³ gaz
– 3,15 ming tonna ko‘mir tejash mumkin bo‘ladi.
Loyihaning asosiy maqsadi — energetik mustaqillikni mustahkamlash va ekologik barqarorlikka hissa qo‘shish.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Aholiga quyosh paneli va geliokollektor o‘rnatishga arzon kreditlar beriladi

"O‘zbekko‘mir" 6,7 million tonna ko‘mir qazib oldi

O‘zbekistonda yangi oydan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi va “Lokomotiv” futbolchisi Lazizbek Mirzayev Ispaniyaning “Leganes” klubi bilan shartnoma imzoladi.

“Resurs tejamkor iqtisodiyot modeliga o‘tish vaqti keldi” — prezident