16:02 / 04.07.2025
50 414

Toshkent metrosining 13 ta bekatida kassalar yopildi

 


“Toshkent metropoliteni” ma’lumotiga ko‘ra, yo‘lovchilar orasida kassadan QR-kodli chipta olish faolligi keskin kamaygan — hozirda bu ko‘rsatkich faqat 6–7% (ilgari 45–50% edi).


Qaysi bekatlarda kassa yopildi?

Sinov tariqasida quyidagi 13 ta bekatning bittadan vestibyulidagi kassalar faoliyati to‘xtatildi:

– Mirzo Ulug‘bek

– Xalqlar Do‘stligi

– Paxtakor

– Hamid Olimjon

– Pushkin

– Do‘stlik

– Toshkent

– Oybek

– Tinchlik

– Shahriston

– Bodomzor

– Minor

– Abdulla Qodiriy


O‘rniga nima o‘rnatildi?

Yopilgan kassalar avtomatlashtirilgan chipta sotib olish qurilmalari bilan almashtirildi — bu bankomatga o‘xshagan qurilma bo‘lib, yo‘lovchi mustaqil tarzda chipta oladi.


 To‘lovning zamonaviy usullari:

– ATTO kartasi

– Bank kartasi (kontaktli yoki NFC)

– Mobil ilovalar (Click, Payme, Apelsin)

– Kaft orqali (biometrik) to‘lov

– Smartfon yoki aqlli soat orqali teginishli (NFC) to‘lov


Afzalliklar:

– Navbatsiz va tezkor xizmat

– Zamonaviy to‘lov usullarida yo‘l haqi arzonroq

– Raqamlashtirish va qulaylikka yo‘naltirilgan infratuzilma


Bu o‘zgarishlar metropoliten samaradorligini oshirish va raqamli transformatsiyani joriy etish maqsadida amalga oshirilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing