Iyuldan boshlab taksichilarning soliqlarini agregatorlar to‘laydi
2-iyuldan boshlab, O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan taksi haydovchilarining yillik daromadi 100 million so‘mdan oshsa, ular to‘lashi kerak bo‘lgan soliqlarni endilikda onlayn taksi agregatorlari (yuridik shaxslar) to‘lov manbaida ushlab qoladi.
Yangi tartibning maqsadi:
– Soliqlarni hisoblash, to‘lash va hisobot topshirishdagi qiyinchiliklarni kamaytirish;
– Bu tizim Vazirlar Mahkamasining 2024-yil aprel oyidagi qarori asosida joriy etilgan.
Statistika:
– 2025-yil boshidan 189 nafar haydovchining daromadi 100 mln so‘mdan oshgan;
– Bugungi kunda 776,7 ming nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi sifatida ro‘yxatga olingan;
– 430 mingdan ortiq haydovchi yo‘nalishsiz taksi xizmati ko‘rsatmoqda;
– 89,6 milliard so‘m soliq agregatorlar orqali to‘langan.
208 ta onlayn taksi agregatori (Yandex Go, MyTaxi va boshqalar) hozirda soliq tizimi bilan integratsiyalashgan.
Eslatma:
– 100 mln so‘mgacha daromadga soliq solinmaydi.
– Yil tugashi bilan daromadlar yangidan hisoblanadi.




