09:34 / 01.07.2025
234 038
Rasman: Euronews Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochdi


30-iyun kuni dunyoning eng yirik va nufuzli ommaviy axborot vositalaridan biri — Euronews Toshkent shahrida o‘zining rasmiy vakolatxonasini ochdi.
Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vakili ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagicha izoh qoldirdi:
“O‘zbekistonning ochiqligi, xalqaro hamkorlikka tayyorligi va global maydonda ishonchli hamkor maqomi yana bir bor namoyon bo‘ldi.”
Xalqaro hamkorlikda yangi bosqich
- O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mazkur qadamni xalqaro axborot makonida mamlakatimiz mavqeining mustahkamlanishi deb baholadi.
- Euronews’ning O‘zbekistonda faoliyat boshlashi orqali mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosat, iqtisodiy islohotlar, tarixiy va madaniy yutuqlar haqida to‘g‘ri va xolis axborot dunyo auditoriyasiga yetkazilishi kutilmoqda.
Kontekst:
Euronews – 1993-yilda tashkil topgan, 160 dan ortiq mamlakatda namoyish etiladigan va 12 tilda efirga uzatiladigan xalqaro telekanal bo‘lib, Yevropadagi eng yirik axborot tarmoqlaridan biridir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev Parlamentlararo ittifoqning 150-Assambleyasida nutq soʻzladi
Malayziyaning islom sanʼatiga oid nodir kolleksiyasi Oʻzbekistonda namoyish etiladi
Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni
O‘zbekistonda yangi oydan nimalar o‘zgaradi?
5-fevraldan Rossiyada migrantlar uchun bir qator cheklovlar kuchga kirdi