08:35 / 30.06.2025
56 098

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi


 

 Polsha hududida qo‘lga olingan va “qizil sirkulyar” orqali xalqaro qidiruvga berilgan o‘zbekistonlik fuqaro A.A. O‘zbekistonga topshirildi. U firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanmoqda.
A.A. uzoq vaqt davomida Yevropaning turli mamlakatlarida yashirinib yurgan.

  • Uning qo‘lga olinishi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi, Interpolning Milliy markaziy byurosi, Polshadagi O‘zbekiston elchixonasi hamda Polsha huquqni muhofaza qilish organlari hamkorligida amalga oshirildi.
  • Ayblanuvchining to‘liq ismi hozircha oshkor etilmagan.







O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi mazkur holat yuzasidan quyidagicha bayonot berdi:


“Qonun oldida hamma teng. Qaysi davlatda bo‘lishidan qat’i nazar, jinoyat sodir etgan har bir shaxs belgilangan javobgarlikka tortiladi.”






Mazkur ekstraditsiya holati transchegaraviy jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida xalqaro idoralararo hamkorlikning samarali namunasi sifatida qayd etilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing