Rossiyaga ketish endi onlayn tarzda rasmiylashtiriladi
2024-yil 30-iyundan boshlab Rossiyaga vizasiz tartibda tashrif buyurmoqchi bo‘lgan xorijiy fuqarolar uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tish tizimi joriy qilindi.
Rossiya Raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yangi ruID mobil ilovasi ishga tushirildi. Ushbu ilova orqali fuqarolar Rossiyaga kirish uchun ariza topshirishi, kirish cheklovlarini tekshirishi va raqamli profil yaratish orqali davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Ilova haqida ma’lumot:
- Yuklab olish manzili: App Store va Google Play.
- Tillar: Rus tili bilan bir qatorda ingliz, o‘zbek, arman, qozoq, qirg‘iz va tojik tillarida mavjud.
Ariza topshirish tartibi:
- Ilovada ro‘yxatdan o‘tish uchun elektron pochta kifoya, Rossiya raqami talab qilinmaydi.
- Tashrifchilar Rossiyaga kirishdan kamida 72 soat oldin ma’lumotlarini ilovaga kiritishi lozim.
- Ba’zi holatlarda bu jarayonni chegaradan 4 soat oldin ham amalga oshirish mumkin.
Ilovadan foydalanish bosqichlari:
- Ariza topshiriladi.
- Foydalanuvchi rasmga tushadi, xorijiy pasport suratga olinadi, ovoz yozuvi yuboriladi.
- Ariza Rossiya Ichki ishlar vazirligiga yuboriladi va natija ilovaning shaxsiy kabinetida ko‘rsatiladi.
Ushbu tartib quyidagi shaxslarga tatbiq etilmaydi:
- Belarus fuqarolari
- 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar
- Diplomatlar va konsullik xodimlari
- Akkreditatsiyadan o‘tgan xalqaro tashkilotlar xodimlari va ularning oila a’zolari
Rossiya chegarasidan o‘tayotganda ilovadagi ma’lumotlar tekshiriladi. Shundan so‘ng, chet ellik fuqaro uchun raqamli profil yaratiladi va u orqali:
- SNILS (shaxsiy sug‘urta raqami),
- Rossiya SIM-kartasi rasmiylashtiriladi,
- Davlat xizmatlaridan foydalanish imkoni ochiladi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, yaqin kelajakda ruID ilovasi orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati bosqichma-bosqich kengaytirib boriladi.




