18:31 / 23.06.2025
67 366

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Mo‘g‘ulistonga yo‘l olmoqda


 

2025-yil 24–25-iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiin Xurelsuxning taklifiga binoan ushbu mamlakatga davlat tashrifi bilan boradi.


Mazkur tashrif ikki davlat o‘rtasida 1992-yilda o‘rnatilgan diplomatik munosabatlar tarixida O‘zbekiston Prezidentining Mo‘g‘ulistonga ilk rasmiy tashrifi bo‘ladi.


Tashrif doirasida O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Shuningdek, rahbarlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni ham muhokama qilishlari kutilmoqda.


Ta’kidlash joizki, bu tashrif Mo‘g‘uliston Prezidentining 2024-yilda O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifiga javob tariqasida tashkil etilmoqda.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing