09:01 / 20.06.2025
73 662

Zo‘ravonlikning “oliy” cho‘qqisi: Noqonuniy diniy “maktab”da bolalarga yog‘och tayoq va kabellar bilan kaltaklab, dars berib kelingan

 


 O‘zbekistonning bir nechta viloyatida voyaga yetmaganlarga ruxsatsiz diniy ta’lim bergan va shafqatsiz zo‘ravonlikni qo‘llagan "o‘qituvchilar" faoliyatiga chek qo‘yildi. Huquq-tartibot idoralari vakillarining xabariga ko‘ra, bir nechta holatlar bo‘yicha jinoyat va ma’muriy ishlar qo‘zg‘atildi.


Namangan viloyati:

1959-yilda tug‘ilgan shaxs ruxsatnomasiz sakkiz nafar bolaga dindan dars bergan;

– Ma’muriy bayonnoma tuzildi, 15 sutkagacha hibsga olish mumkin;

– Bolalarning ota-onalari 1,8 million so‘m miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.


 Andijon viloyati:

– Asaka tumanida ayol olti oy davomida bolaga diniy ta’lim berib, uni yog‘och tayoq va kabellar bilan kaltaklagan;

– Jinoyat kodeksining 110-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 5 yilgacha qamoq jazosi kutmoqda.


 Xorazm viloyati:

– Xonqa tumanida ayol va uning qizi bolalar darslarini o‘z uyida tashkil etib, har biridan 1 million so‘m olgan;

– Bolalarga nisbatan jismoniy zo‘ravonlik qo‘llanilgan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


 Eslatma:

Huquq-tartibot idoralari ota-onalarni farzandlarining ta’lim sharoitiga diqqat bilan e’tibor berishga, ruxsat etilmagan diniy mashg‘ulotlarga qatnashmaslikka chaqiradi.


Qattiq jazolar kutilmoqda:

Bunday qonunbuzarliklar uchun jiddiy javobgarlik belgilangan. O‘zbekiston hukumati zo‘ravonlik va ruxsatsiz diniy ta’limga qarshi qat’iy choralar ko‘rmoqda.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing