09:49 / 17.06.2025
599

“Yuksalish” harakati “O‘zsuvta'minot” AJ ayblovlarini asossiz ekanligini ma’lum qildi

 


“Yuksalish” harakati “O‘zsuvta'minot” AJ raddiyasida muammo yo‘q, deb ko‘rsatilgan obyektlardagi vaziyatga aniqlik kiritgan holda, muammolar hanuzgacha saqlanib qolayotganligini ma’lum qildi. 


Ma’lum bo‘lishicha, “Yuksalish” harakati o‘rganishlarni “O‘zsuvta'minot” AJ taqdim etgan ma'lumotlar asosida amalga oshirgan.


“Bu borada noxolislik va noprofessionalizmga oid ayblovlar asossiz. Aksincha, Jamiyat bu borada yolg‘on axborot tarqatgan”, – deyiladi “Yuksalish” harakati munosabatida.


Ma’lum bo‘lishicha, aholida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq eʼtirozlar ko‘p.


““O‘zsuvta'minot” AJni tegishli ma’lumotlarni mahallalar kesimida onlayn e'lon qilib borishga chaqiramiz. Jamoatchilik nazorati yakunlari bo‘yicha tayyorlangan takliflarni ko‘rib chiqishda hissiyotga berilmaslikni so‘raymiz”, – deb yozadi “Yuksalish” harakati o‘z rasmiy sahifasida.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing