15:23 / 16.06.2025
1 641
⚡️ O‘zbekistonda jinsini o‘zgartirgan fuqarolar endi ism-familiyani rasmiy ravishda almashtira oladi
12 iyun kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, jinsini o‘zgartirgan shaxslar ism, familiya va otasining ismini o‘zgartirish huquqiga ega bo‘ldi.
Buning uchun fuqarodan tibbiy muassasa tomonidan berilgan jinsni o‘zgartirish haqidagi xulosa talab etiladi. Shundan so‘ng FHDYo organlariga murojaat qilib ism-sharifini yangilashi mumkin.
“Endi masalan, Dilshod ismli shaxs hech qanday to‘siqlarsiz ismini Dilshodaga o‘zgartirish mumkin”, – deb yozdi sobiq deputat Rasul Kusherbayev.
Bu o‘zgarish ism-familiyani almashtirishga ruxsat beruvchi rasmiy sabablarga qo‘shildi. Ilgari bunday imkoniyat faqat nikoh, ajrim, sud qarori yoki boshqa shaxsiy holatlarga bog‘liq edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

1-martdan pensiyalar proaktiv shaklda tayinlanadi

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va prezident administratsiyasi rahbari o‘z lavozimidan ozod etildi

Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni

Xususiy OTMlarga 4%lik yangi yig‘im belgilangani yuzasidan rasmiylarga deputat so‘rovi yuborildi

O‘zbekistonda yangi oydan nimalar o‘zgaradi?