O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi
Toshkentda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso ishtirokida ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi.
Uchrashuv yakunlarida tomonlar quyidagi 6 ta muhim hujjatni imzoladi:
➖ Diplomatik kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
➖ Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
➖ Standartlashtirish, metrologiya va mahsulotlarning muvofiqligini baholash sohasidagi hamkorlik bitimi;
➖ Energetika bozorlarini tartibga solish sohasidagi anglashuv memorandumi;
➖ 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan tashqi siyosat sohasidagi hamkorlik dasturi;
➖ 2025–2026-yillarga mo‘ljallangan standartlashtirish sohasidagi hamkorlik dasturi.




