14:19 / 03.06.2025
23 579

Aholi farovonligi yo‘lida muhim qadam: ish haqi, pensiya va stipendiyalar 10% ga oshiriladi

 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan, 2025-yil 1-iyuldan boshlab mamlakatimizda pensiyalar, nafaqalar va moddiy yordam to‘lovlari 10% ga oshiriladi. Shuningdek, 2025-yil 1-avgustdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10% ga ko‘tariladi.


Bu qaror aholi turmush darajasini oshirish, fuqarolarning daromadlarini izchil ko‘tarib borish hamda ijtimoiy muhofazani mustahkamlash maqsadida qabul qilindi.


Mazkur hujjatga asosan:

➖ Yoshga doir eng kam pensiya miqdori oyiga — 918 000 so‘m

➖Nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — 1 012 000 so‘m


Shu bilan birga, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordamlar ham oshirildi:

➖3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun — 360 000 so‘m

➖3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun — 275 000 so‘m

➖Oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha — 165 000 so‘m

➖Uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha — 110 000 so‘m

➖Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordam — 420 000 so‘m


1-avgustdan:


➖Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 271 000 so‘m

➖Bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘mni tashkil etadi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing