Buxoroda qariyb 9 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlangan issiqxona aniqlandi U gaz quvuriga noqonuniy ulangan. UZNUR.UZ
Buxoroda qariyb 9 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlangan issiqxona aniqlandi
U gaz quvuriga noqonuniy ulangan.
Buxoro viloyatining Kogon tumanida davlatga yirik miqdorda zarar yetkazgan issiqxona aniqlandi. Bu haqda “Xududgazta’minot” kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mutaxassislar tomonidan “Tutkunda” mahallasida reyd o‘tkazildi. Mahalliy tadbirkorga qarashli issiqxona tegishli hisoblagichsiz umumiy foydalanishdagi gaz quvuriga noqonuniy ulangan.
Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish natijasida ko‘rilgan zarar 8,85 milliard so‘mni tashkil etdi, deyiladi xabarda.
Yigʻilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
noqonuniy, Buxoro, davlat, quvur




