11:59 / 29.05.2025
32 434

Toshkent jahon shaharlari reytingida 471-o‘rinni egalladi

 


Oxford Economics Global Cities Index 2025 global reytingida О‘zbekiston poytaxti Toshkent dunyoning 1000 ta yirik shaharlari orasida Bishkek (498-o‘rin), Chimkent (534-o‘rin) va Ashxobod (623-o‘rin)ni ortda qoldirib, biroq Almata (258-o‘rin) va Astanadan (258-o‘rin) ortda qolib, 471-o‘rinni egalladi.


Almata Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi, ayniqsa “inson kapitali” toifasida yuqori baholandi. Undan keyin iqtisodiyot va ta’lim bo‘yicha kuchli ko‘rsatkichlar bilan Astana shahri bormoqda.


Dushanbe 683-o‘rinni egallab, mintaqadagi shaharlar ro‘yxatini yopdi, biroq reytingda uning infratuzilma islohotlari va boshqaruv tizimini takomillashtirish hisobiga o‘sish salohiyati qayd etilgan.


Global reytingda shaharlar beshta mezon bo‘yicha baholanadi: iqtisodiyot, hayot sifati, ekologiya, boshqaruv va inson kapitali. Ro‘yxatning yuqori o‘rinlarini Nyu-York, London va Parij egalladi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing