12:15 / 25.05.2025
39 169

S&P O‘zbekistonning kredit reytingi prognozini barqaror darajadan ijobiy darajaga yaxshiladi

 

Agentlik mamlakatning uzoq va qisqa muddatli suveren kredit reytinglarini xorijiy valyutada “BB-” va milliy valyutada “B” darajasida tasdiqladi. Oltinning yuqori narxlari eksport, valyuta zaxiralari va budjet tushumlarini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda.


YIMning nisbatan yuqori o‘sishi jahon savdosidagi qiyinchiliklar va dunyodagi noaniqliklarga qaramay, iqtisodiy islohotlar, barqaror ichki talab, investitsiyalar va mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari hisobiga ta’minlanadi.


Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva suveren kredit reytingi prognozining yaxshilanishi “jahon moliya hamjamiyatining O‘zbekistondagi islohotlarga ishonchi ortib borayotganidan dalolat berishi” va “tanlangan yo‘lning to‘g‘riligini ko‘rsatishi”ni qayd etdi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing