12:44 / 29.04.2025
83 105

Davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida pedagogika yoʻnalishining sirtqi shakli toʻliq yopiladi

 


Prezident farmoni bilan 2026/2027 o‘quv yilidan boshlab:


➖ Davlat va xususiy OTMlarda pedagog kadrlar tayyorlash sifati tashqi diagnostika orqali baholanadi.

➖ Belgilangan talablarga javob bermaydigan yo‘nalishlarda o‘qish jarayoni cheklanadi yoki yopiladi.

➖ Davlat buyurtmalari va qabul prognozlari maxsus ERP dasturi orqali shakllantiriladi.


Joriy yildan boshlab endi faqat kunduzgi va kechki shakllarda oʻqish mumkin boʻladi. Shuningdek, nodavlat OTMlar pedagogika yoʻnalishi boʻyicha litsenziya olish uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligidan xulosa olishlari shart.



Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing