O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida Farg‘ona — Urumchi — Farg‘ona yo‘nalishida aviaparvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda, deya xabar qildi Farg‘ona viloyati hokimligi.

Xitoyda amaliy tashrif bilan borgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi delegatsiya 14-aprel kuni Urumchi shahrida yangi aviaqatnovga tantanali start berish marosimida ishtirok etdi.

“Mazkur aviaparvoz ikki hududni bog‘lash, savdo, iqtisodiy-investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, turizm yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etadi”, — deyiladi xabarda.

Parvozlar 18-aprel kunidan boshlab amalga oshiriladi.