15:45 / 27.11.2024
337 873
Toshkentdagi ayrim avtobus yoʻnalishlari harakati vaqtincha oʻzgartirildi
Bunga rekonstruksiya qilish ishlari olib borilishi sabab bo'ladi
Mirobod tumani, T.Shevchenko koʻchasining Nukus koʻchasidan Said Baraka koʻchasigacha boʻlgan qismini rekonstruksiya qilish ishlari olib boriladi. Shu sababdan 27-noyabrdan 25-dekabrgacha ushbu manzil vaqtincha avtomobillar harakati uchun yopilishi sababli, ayrim avtobus yoʻnalishlari harakati vaqtincha o`zgartriladi:
- 16, 26, 37, 80-sonli avtobus yoʻnalishlari harakati Nukus, Amir Temur, Fidokor koʻchalari orqali oʻzgartiriladi;
- 22, 55-sonli avtobus yoʻnalishlari harakati vaqtincha Nukus, Oybek, Shaxrisabz koʻchalari orqali oʻzgartiriladi.
Yoʻnalishlarning harakatiga vaqtinchalik oʻzgartirishlar kiritilishi sababli, qatnov vaqti va avtobuslarning oraliq vaqtlari amaldagi vaqtlardan ortib ketishi holatlari yuzaga kelishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Yashnobod rtumani Maxtumquli ko’chasining Kichik halqa yo’li vaqtinchalik yopiladi.

Oybek Shaxavdinov Oʻzbekistonning Chernogoriyadagi elchisi etib tayinlandi

Hojatxonalar qurilishi kerak bo’lgan metrolar ma’lum bo’ldi

Ayolga jismoniy tiriklikning o‘zi yetarli emas!

O’zbekistondagi amaldagi hokimiyat iste’foga chiqdi