Hukumatning 2 aprel kuni imzolangan 200-sonli qaroriga ko‘ra, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga quyidagi huquqlar beriladi:
yo‘lovchilarni olish va tushirish maqsadida “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to‘xtash;
aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, bozorlari va savdo majmualarining pulli to‘xtash joylariga yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;
yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yo‘lagi bo‘ylab harakatlanish.
Bundan tashqari, 15 apreldan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 4 tadan 8 tagacha o‘rindiqlarga ega bo‘lgan mikroavtobuslarda yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishi mumkin. Bu tajriba tariqasida 2026 yil yakunigacha amal qiladi.