16:00 / 11.03.2025
164 286
Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumaniga yangi hokim tayinlandi
Bugun, 11-mart kuni Xalq deputatlari Oʻzbekiston tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Fargʻona viloyati hokimligi rasmiy Telegram kanali.

Mazkur sessiyada lavozimidan ozod etilgan Sherzod Yuldashev oʻrniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bogʻliq tashkiliy masala koʻrib chiqilgan.
Unga koʻra, Ravshanbek Begmatov Fargʻona viloyatining Oʻzbekiston tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. U bunga qadar Suv xoʻjaligi vazirligi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
Ravshanbek Begmatov 1984-yil 2-martda Fargʻona viloyati Dangʻara tumanida tugʻilgan. 2005-yilda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutini tamomlagan. U bugunga qadar Suv xoʻjaligi vazirligi irrigatsiya tizimlaridan va yirik gidrotexnika inshootlaridan foydalanish boshqarmasi boshligʻi boʻlib ishlab kelgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar

Sudyalar korpusida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

1-martdan pensiyalar proaktiv shaklda tayinlanadi

Olimjon Djurayev Guliston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

Erkin Turdimov Samarqand viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi

Bugun, 25-dekabr Turkiston mustaqilligi uchun kurashchi, Turkiston muxtoriyati hukumati Bosh vaziri Mustafo Cho’qayning tavallud topgan kuni