11:18 / 05.03.2025
6 493

”Aholiga yer berish jarayoni korrupsiya ‘o‘chog‘i’ga aylangan edi — prezident

Shavkat Mirziyoyev yerni hokim qarori bilan ajratishdan to‘liq voz kechilib, auksion tizimiga o‘tilgani natijasida bu tizim xalqchil bo‘lganini qayd etdi.

 

Yig‘ilishda:


➖ Davlat xaridlari bo‘yicha qonun qabul qilingani, tanlov va tender raqamlashib, sog‘lom raqobat bo‘lgani uchun o‘tgan yili 14 trillion so‘m byudjet mablag‘i tejaldi.


➖ Odamlar kredit olish uchun ko‘plab to‘siq va g‘ovlarni yengib o‘tishi kerak edi. Bugunga kelib barcha banklar 100 million so‘mgacha maishiy kreditlarni inson omilisiz 5 daqiqa ichida onlayn bermoqda.


➖ Natijada oldin bu ish bilan shug‘ullangan minglab bankirlar endi mahallaga tushib, odamlarga loyiha, kredit taklif qilib, mijozini ko‘paytirish ustida ishlayapti.


➖ Odamlar bolasini maktab yoki bog‘chaga joylashtirishda sarson bo‘lgan, ishini “boshqa yo‘llar” bilan hal qilishga to‘g‘ri kelgan edi. O‘tgan davrda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 10 dan ortiq xizmat turlari to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi. Ushbu sohada murojaatlar soni 2,5 karraga kamaydi.


➖ Bundan 7-8-yil avval oliygohlarga o‘qishga kirishda “tanish-bilishchilik” avj olgan edi. Soha raqamlashdi, imtihonlar onlayn translyatsiya bo‘layapti. Avval test topshirib, to‘plagan balliga qarab, keyin oliygohni tanlash tizimi joriy qilindi.


➖ Oliy ta’limda 35 turdagi hujjatlarni inson omilisiz olishga o‘tilgani uchun sohadagi murojaatlar 2,2 baravar kamaydi.




Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing