Farg`onada otaxon 2 tup daraxt kesgani uchun 223 ta ko`chat ekib berdi UzNur.uz
Farg`onada otaxon 2 tup daraxt kesgani uchun 223 ta ko`chat ekib berdi
Farg`ona viloyati Qo`shtepa tumanida ikki tup noqonuniy kesilgan daraxt evaziga 223 tup daraxt ekib berildi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi
Bir tup chinor va bir tup tol daraxt
S.M. tomonidan o`zboshimchalik bilan hech qanday ruxsatnomasiz tagidan kesib yuborilgan.
Unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 79-modda 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli tartibda jarima belgilanib, o`simlik dunyosiga etkazilgan zarar hisoblangan.
2 tup daraxtlarni noqonuniy kesib, o`simlik dunyosiga zarar etkazgan fuqaro “G`ishtmon” MFYdagi mahalla guzariga kompensasiya sifatida 23 tup pavlovniya, 30 tup archa, 100 tup tok hamda 70 tup mevali, jami, 223 tup daraxt ko`chatlari ekib berdi.
223 ta ko'chat, Farg'ona, otaxon




